Зарегистрироваться
Восстановить пароль
FAQ по входу

Boboʻyorov Gaybulla. Choch tarixi dan lavhalar

  • Файл формата pdf
  • размером 7,04 МБ
  • Добавлен пользователем
  • Описание отредактировано
Boboʻyorov Gaybulla. Choch tarixi dan lavhalar
(Ilk oʻrta asrlar); masʼul muharrir D. Yusupova; OʻzR FA, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik in-ti. — Toshkent: Yangi nashr, 2010. — 168 b.
Ushbu monografiya OʻzR FA Fundamental tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash Fondining “Ilk oʻrta asrlar oʻzbek davlatchiligi tarixida Choch vohasining tutgan oʻrni” mavzuidagi
109-08-sonli granti doirasida amalga oshirildi. Tadqiqot ilk oʻrta asrlarda Choch (Toshkent) vohasi tarixining ayrim masalalarini yoritishga bagʻishlangan boʻlib, unda asosiy eʼtibor ushbu vohada milodiy VI-VIII asrlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jarayonlarni xitoy, sugʻdiy, qadimgi turk, arab va fors manbalaridagi yozma maʼlumotlar va numizmatik materiallar asosida ochib berishga qaratilgan.
Kitobda ilk oʻrta asrlarda Chochning Fargʻona, Ustrushona, Sugʻd, Buxoro, Xorazm, Tuxoriston singari Markaziy Osiyo voha davlatlaridan biri sifatida mintaqa ijtimoiysiyosiy hayotida tutgan mavqei yoritilgan. Shuningdek, Choch vohasida mavjud boʻlgan teginlar, tudunlar kabi turkiy sulolalar va Turk xoqonligining vohadagi faoliyati koʻrib chiqilgan.
Xususan, mazkur sulolalar va Gʻarbiy Turk xoqonligiga oid tangalarning Markaziy Osiyo xalqlari tarixi uchun manba sifatida ahamiyati eʼtirof etilgan. Bundan tashqari, Choch vodiysi toponimlari, xususan, voha joy nomlarining asosiy qatlamlaridan biri boʻlgan turkiy toponimlar tadqiq etilgan.
Monografiya tarixchilar, numizmatlar, turkologlar, gumanitar yoʻnalishdagi barcha olimlar, shuningdek, talabalar, aspirantlar, umuman, mamlakatimiz tarixiy oʻtmishi bilan qiziqadigan kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
  • Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь и/или войдите на сайт используя форму сверху.
  • Регистрация